Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-sentyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

1-sentyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Foto: iStock

2026-yil 1-sentyabrdan milliy qonunchilikda kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlar sharhi taqdim etildi. 

Agrar sohada to‘lovlar agentligi Davlat budjeti hisobidan urg‘ochi nasldor qoramollarni saqlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratadi.

Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.

MHTEKM, BHM, davlat bojlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq miqdorlari oshiriladi.

Gaz ballon uskunalari bo‘yicha amaldagi texnik ko‘rikdan o‘tmagan avtomobillarga gaz to‘ldirish taqiqlanadi.

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan xorijiy davlatlardan taklif etiladigan turoperatorlar vakillarining transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi. Shuningdek, mahalliy turoperatorlarning xorijdagi axborot-tushuntirish tadbirlari bo‘yicha xarajatlarining 25 foizigacha (lekin 500 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan) qismi qoplanadi.

Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’limga jalb qilish bo‘yicha «oilabay» ishlash tizimi joriy etiladi. Bunda ijtimoiy xodim ota-onalarga ta’lim va ijtimoiy xizmatlar olishda amaliy ko‘mak ko‘rsatib boradi.

Korreksion sinf tashkil etgan nodavlat maktablarga ushbu sinfda ta’lim olayotgan har bir o‘quvchi uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi.

«1146» qisqa raqamli ishonch telefoni orqali odam savdosidan jabrlangan shaxslarning murojaatlari qabul qilinadi. Ularga ijtimoiy, psixologik, huquqiy va boshqa masalalar bo‘yicha maslahatlar beriladi.

Boshpanasiz shaxslarning roziligisiz ularni sud qarori asosida ijtimoiy markazlarga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Ular faqat ularning roziligi bilan joylashtiriladi, vaqtinchalik boshpana, oziq-ovqat hamda shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi.

Boshpanasiz shaxslarning bandligini ta’minlash yangi qoidalar asosida amalga oshiriladi.

Sport maktablari xodimlariga ommaviy sport tadbirlari ishtirokchilarini rivojlantirish va saralash ishlari hamda sport natijalari uchun bazaviy ish haqiga har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

«O‘zsuvta’minot» tomonidan foydalanishga topshirilgan barcha infratuzilmani rivojlantirish loyihalari dasturlarni amalga oshirish monitoringi axborot tizimida aks ettiriladi.

4–6-sentyabr kunlari Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq Yoshlar parlamenti a’zolarining XII Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Elektron davlat xaridlari tizimida autsorsing xizmatlarini tashkil etish uchun maxsus sahifa ishga tushiriladi.

Barcha turdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz quyish inshootlarida, shu jumladan o‘z ehtiyojlari uchun yoqilg‘idan foydalanadigan obyektlarda ortiqcha bosim ostida ishlaydigan, xizmat muddati o‘tgan yoki ishlab chiqarilgan sanasi noma’lum bo‘lgan uskunalardan foydalanish cheklanadi.

Poytaxt jamoat transporti va shahar atrofi temir yo‘l yo‘nalishlarida yo‘l haqini to‘lashning integratsiyalashgan tizimi, shu jumladan «elektropoyezd – avtobus» va «elektropoyezd – metro» tarif rejalari joriy etiladi.

Asosiy faoliyati konsert tomoshalari, kinematografiya, bolalar uchun kontent yaratishdan iborat bo‘lgan subyektlar, nodavlat teatrlar va teatr-studiyalar, shuningdek, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi xususiy ta’lim tashkilotlari QQS, foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan, ularda faoliyat yurituvchi xodimlar esa – JShDSdan ozod etiladi.

Budjetdan moliyalashtiriladigan teatrlar va konsert-tomosha muassasalarida faoliyat yurituvchi raqs jamoalari badiiy rahbari, baletmeysteri, repetitorlari va balet artistlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari miqdori 2 baravarga oshiriladi.

«Chuqur darajadagi aqliy zaiflik» tashxisi qo‘yilgan 18 yosh va undan katta yoshdagi shaxslarni parvarishlash bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlash bo‘yicha nafaqa miqdorida har oyda parvarishlash nafaqasi to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring