Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-sinf o‘quvchilariga atalgan «Prezident sovg‘alari» hududlarga yo‘l oldi (foto)

1-sinf o‘quvchilariga atalgan «Prezident sovg‘alari» hududlarga yo‘l oldi (foto)

Bugun, 23-avgust kuni an’anaga ko‘ra 1-sinf o‘quvchilariga topshiriladigan «Prezident sovg‘alari»dan iborat karvon hududlarga yo‘l oldi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarida ma’lum qilingan.

12 turdagi o‘quv qurollari, jumladan portfel, daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim, o‘chirg‘ichni o‘z ichiga olgan sovg‘alar dastlab Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga yetib boradi. Yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar mazkur sovg‘alar bosqichma-bosqich barcha maktablarga yetkazilib, o‘quv yilining ilk kuni o‘quvchilarga topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-2022-o‘quv yilida 641 604 nafar o‘quvchilar maktablarning 1-sinflariga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring