Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

101 nafar bank xodimi jazolandi

101 nafar bank xodimi jazolandi

Foto: «Xabar.uz»

Tijorat banklari tomonidan qoidabuzarliklarni yo‘l qo‘yilishiga sababchi bo‘lgan 101 nafar bank xodimlariga nisbatan qonunchilikka muvofiq intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Qayd etilishicha, may-iyun oylarida 15 ta tijorat bankining Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari, Qoraqalpog‘iston va Toshkent shahrida joylashgan 74 ta muassasasida bank xizmatlari qonunchilikka muvofiq ko‘rsatilishiga doir navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rganishlar natijasida tijorat banklari muassasalari tomonidan iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda qator qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Jumladan, kredit va omonat xizmatlari haqida ma’lumotlar, kredit va muddatli omonatlar asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqalari taqdim etilmagani, bank kartalari egalariga ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishda imkon yaratib berilmagani holatlari kuzatilgan.

Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha Ipoteka-bank, Agrobank, Mikrokreditbank, Xalq banki, Turonbank, Trastbank, Kapitalbank, Milliy bank, Hamkorbank, Asaka bank, Universalbank, Davrbank va Ipak yo‘li ga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring