Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

120 metr masofada 20 ta belgi o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi

120 metr masofada 20 ta belgi o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqda «Bu nimasi endi? 120 metr masofada 20 ta belgi o‘rnatishibdi» sarlavhasi ostidagi video tarqaldi.

Videoda Chinoz tumanidagi ichki yo‘lda 5.16.1, 5.16.2. «Piyodalar o‘tish joyi» belgilari juda qisqa masofalarda, belgilanmagan joylarga, noto‘g‘ri o‘rnatilganligi aks etgan.

«Mazkur yo‘l qurilishi davomida belgilarni o‘rnatish ishlari Toshkent viloyati IIBB YHXB mas’ullari bilan kelishilmaganligi, buning natijasida belgilar noto‘g‘ri o‘rnatilganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu xatolik bartaraf etilib, amaldagi tartibga ko‘ra yo‘lni belgi va chiziqlar bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda», deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring