Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

13-iyul kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopiladi

13-iyul kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopiladi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

13-iyul kuni soat 10:00 ga qadar Sariko‘l va Mehrjon ko‘chalarining kesishmasidagi aylanma harakatlanish yo‘l qismi yo‘l ta’mirlash ishlari sababli yopiladi.

Shuningdek, Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasining Farobiy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yo‘l ta’mirlash ishlari sababli bir sutka davomida harakatlanish uchun yopiladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring