Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosi aniqlandi

2 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosi aniqlandi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Ohangaron tumani Ichki ishlar bo‘limi YPX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir natijasida Namangandan Toshkentga olib kirilishi rejalashtirilgan noqonuniy dori vositalari muomaladan olindi. Dori-darmonlarning birlamchi bahosi 2 milliard so‘mga tengligi hamda ushbu vositalar COVID-19 infeksiya va boshqa kasalliklarga qarshi dorilar ekanligi aniqlangan. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

28-oktyabr kuni 37 yoshli S.X. hamda 34 yoshli A.O‘. boshqaruvidagi Lacetti bilan Namangandan Toshkent tomon harakatlanadi. Harakat davomida avtotransport vositalari «Chinor» YPX maskanida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. Ko‘zdan kechirish vaqtida avtotransport vositalarining yukxona va salonida birlamchi taxminiy narxi 2 milliard so‘mga teng bo‘lgan, bir necha turdagi dori vositalari hech qanday hujjatsiz Toshkent shahriga olib ketayotganligi aniqlandi va rasmiylashtirilib olingan.

Qo‘lga olingan shaxslar bilan olib borilgan surishtiruv davomida, ular ushbu dori-vositalarini tanishi – Namangan shahrida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan S.A. Toshkent shahriga olib borib berish uchun buyurtma sifatida olganliklari aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan qo‘shimcha surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring