20 soni tushirilgan banknot 100 dollar qiymatda bo‘lishi haqida xabar tarqaldi
![20 soni tushirilgan banknot 100 dollar qiymatda bo‘lishi haqida xabar tarqaldi](http://static.xabar.uz/crop/2/2/720_460_95_224869349.jpg)
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda 20 soni tushirilgan yubiley banknoti muomalaga chiqarilganligi va u 100 AQSh dollari qiymatida qabul qilinishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Markaziy bank ushbu banknota bo‘yicha munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan banknot ko‘rinishidagi — So‘mning muomalaga kiritilganining 20 yilligi munosabati bilan 20 raqami tushirilgan namuna Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pul belgisi hisoblanmaydi. Bu haqida rasmiy ma’lumot Markaziy bank Axborot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi xabar, shuningdek, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan OAVda e’lon qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu namuna Markaziy bank tomonidan emas, balki «Davlat belgisi» korxonasi tomonidan 2014 yilda yubiley sana munosabati bilan korxonaning reklama mahsuloti (suvenir) sifatida chiqarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter