Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yilgi Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi (infografika)

2021-yilgi Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi (infografika)

«2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Farmon loyihasiga ko‘ra, 2021-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasi tasdiqlanishi nazarda tutilgan. Loyiha 276 banddan iborat.

Dasturning dastlabki loyihasini tayyorlashda Oliy Majlis palatalari, barcha vazirlik va idoralar, xorijiy tashkilotlar ekspertlari,  jamoatchilik vakillarining 3 mingdan ortiq taklif va fikr-mulohazalari atroflicha muhokama qilindi. OAV va ijtimoy tarmoqlardagi tanqidiy materiallarning tahlili o‘tkazildi, aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Farmon loyihasi jamoatchilik.uz platformasiga ham joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring