Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2024-yilgi Haj mavsumi uchun ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchishmoqda

2024-yilgi Haj mavsumi uchun ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchishmoqda

22 maydan 23 mayga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 01:40 da «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining ilk reysi Toshkentdan Madinaga (Saudiya Arabistoni) 240 nafar ziyoratchini olib ketdi va shu orqali 2024 yilgi Haj mavsumini ochdi.

23 maydan 7 iyungacha O‘zbekistonning 10 ta shahridan Madinaga parvozlar amalga oshiriladi. Bu yil Haj safariga eng ko‘p ziyoratchilar Toshkentdan 24 ta reysda 5830 yo‘lovchi boradi. Namangandan 14 ta, Farg‘onadan 6 ta, Samarqanddan 4 ta, Buxoro, Qarshi va Termizdan 3 tadan, Urganch va Navoiydan 2 ta va 1 ta reys Nukusdan amalga oshiriladi. O‘zbekistondan jami 15130 nafar ziyoratchi Haj ziyoratini ado etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi har yili ziyoratchilarning yaqinlariga  terminal va uning atrofida tirbandlik holatini yuzaga keltirmaslik uchun aeroportga kelmaslikni va o‘z yaqinlarini masjidlarda kuzatishlarini tavsiya qiladi. Ziyoratchilar aeroportga tartibli ravishda maxsus avtobuslarda yetib kelishadi, ro‘yxatdan o‘tgach yetarlicha o‘rindiqlar o‘rnatilgan jo‘nab ketish zonasiga yo‘l olishadi. Samolyotga chiqishni kutish vaqtida ziyoratchilarga ichimlik va gazaklar taklif etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring