Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2025-yilda O‘zbekistonda 3 ta masjid va bitta cherkov ro‘yxatdan o‘tkazildi

2025-yilda O‘zbekistonda 3 ta masjid va bitta cherkov ro‘yxatdan o‘tkazildi

Bugungi kunda respublikada 2 148 ta masjid faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Hukumat huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot kotibi Ilhom Ma’rupovning 2025-yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifingida ma’lum qilindi.

Hisobot davrida 3 ta yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazilgan va 43 ta masjidda tubdan qayta qurish hamda 15 ta masjidda ta’mirlash ishlari yakunlangan.

2025-yilgi Haj mavsumi va Umra ziyorati yuqori saviyada tashkil etildi. Xususan, 15 000 nafar ziyoratchi Haj amalini bajardi.

Ayni paytda respublikada 199 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. 2025-yilda Navoiy viloyatida 1 ta yangi diniy tashkilot – Rim-katolik cherkovi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mutaassiblik, radikal g‘oyalar va ekstremizm ruhidagi axborotlarga qarshi 3411 ta raddiya mazmunidagi materiallar tayyorlanib, tarqatildi.

Barcha diniy ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy yo‘nalishlari tubdan qayta ko‘rib chiqildi. O‘quv dasturlari takomillashtirilib,  10 ga yaqin yangi fanlar kiritildi. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha yangi avlod darsliklari tayyorlandi.

Qo‘mita huzuridagi Malaka oshirish instituti va uning filiallarida 1 729 nafar davlat va jamoat tashkilotlari rahbar-xodimlarining malakasi oshirildi.

Hisobot davrida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda tizim tashkilotlari vakillari, o‘zbekistonlik islomshunos olimlar va tadqiqotchilarning 439 ta diniy-ma’rifiy sohaga oid xalqaro tadbirlardagi ishtiroki ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring