Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

21 may O‘zbekistonda Kutubxonachilar kuni deb belgilandi

21 may O‘zbekistonda Kutubxonachilar kuni deb belgilandi

Joriy yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.

Qarorda Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi bosqichida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari jumladan:

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy umumjahon tendensiyalarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish,
  • aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ijtimoiy kafolatlarni sifatli ta’minlash hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish,
  • hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishni barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish,
  • axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan yangi bino va inshootlarni qurish, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash,
  • kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmog‘ini rivojlantirish,
  • kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish (shu jumladan, pulli xizmat ko‘rsatish) tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblarni tarqatish, internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish,
  • axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlari saqlanishini ta’minlash,
  • jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishni kuchaytirish, o‘qish madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish hamda axborot-kutubxona muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash belgilandi.

Mazkur qarorda  2019-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi, sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda  Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot-resurs markazining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga tegishli vazirlik, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Milliy kutubxona qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazini tashkil etish, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish uchun sifat jihatidan yangi va qulay shart-sharoit yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ularning ilmiy, ta’lim, axborot va madaniy ehtiyojlarini qondirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy moslashuv va reabilitatsiya, mustaqil ta’lim olish va muloqot doirasini kengaytirish usuli sifatida axborotdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, foydalanuvchilarga har qanday tashuvchilarda (bosma, multimedia va raqamli), shu jumladan Internet tarmog‘i yordamida sifatli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish, o‘zining axborot-resurslarini yaratish va ularni doimiy to‘ldirib borish orqali kitobxonlarga an’anaviy xizmat ko‘rsatish usulidan ularni zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari bilan ta’minlashga o‘tish va aholiga masofadan axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish asosiy vazifa etib belgilandi. 

Mazkur qarorga muvofiq  kutubxona sohasida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish asosida turdosh oliy o‘quv yurtlariga «Kutubxona-axborot faoliyati» yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul kvotalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish yuklatildi.

Respublikamizda 21 may Kutubxonachilar kuni deb belgilanib,  bunda kutubxonachilarni ko‘p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va rag‘batlantirish belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring