21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki sotish taqiqlanishi kutilmoqda
O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi mumkin.
Bu 19-dekabr kuni senatorlar tomonidan «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda o‘z aksini topgan.
Hujjat bilan «alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish va ushbu shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlanmoqda». Ushbu yosh chegarasi amaldagi qonunda 20 yosh etib belgilangan.
Senatning 27-yalpi majlisida senatorlar tomonidan rad etilgan ushbu qonun navbatdagi yalpi majlisda ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter