Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

21 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

21 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

2000-yilda tug‘ilgan Nishonova Dilnoza Komil qizi joriy yilning 30-iyul kuni Yakkasaroy tumani Andijon ko‘chasida joylashgan manzildan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, ozg‘indan kelgan, ko‘zlari qora.

Egnida: qora ro‘mol, qora kofta, ko‘k jinsi, oq krossovka va pushti ryukzak bo‘lgan.

Agar Nishonova Dilnoza Komil qizi haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo‘limiga yoki 102, 71-230-98-44, 71-255-94-96 raqamlari orqali xabar berishingiz so‘ralgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring