26-aprel. Ukrainaga o‘tgan Qrim, Toshkent zilzilasi va Rixter, Chernobil fojiasi hamda boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Xalqaro intellektual mulk kuni.
- Radiatsion avariya va halokatlarda qurbon bo‘lganlarni xotirlash kuni (Rossiya, Ukraina).
Voqea-hodisalar
- 1457-yil (mil. av.) yil — Megiddo jangi. Misr fir’avni Tutmos III qo‘shini Shimoliy Suriya va Falastin ittifoqchi qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozondi.
- 1607-yil — Amerikada doimiy yashash uchun yo‘lga chiqqan ingliz oilalari kemasi Genri burni(Virjiniya)ga yetib keldi.
- 1783-yil — o‘n uch yoshli Lyudvig van Betxoven Bonndagi saroy orkestriga klavishli sozlar chaluvchi sifatida ishga olindi.
- 1795-yil — Rossiya Kurlyandiya(hozirgi Latviyaga qarashli yerlar)ni o‘ziga qo‘shib oldi.
- 1798-yil — Fransiya Jeneva respublikasini o‘ziga qo‘shib oldi.
- 1799-yil — Adda daryosidagi jang. Aleksandr Suvorov qo‘mondonligidagi Rossiya-Avstriya armiyasi Jan Moro yetakchiligidagi fransuz armiyasini mag‘lubiyatga uchratdi.
- 1803-yil — Legl (Fransiya) shahri tevaragiga minglab meteorit parchalari yog‘ildi. Shundan so‘ng olimlar meteoritning haqiqatan ham mavjudligiga ishonishdi.
- 1828-yil — Rossiya imperiyasi Usmonlilar imperiyasiga urush e’lon qildi.
- 1860-yil — Ispan qirolligi va Marokash sultonligi o‘rtasidagi Afrika urushi yakuniga yetdi.
- 1865-yil — AQSh fuqarolar urushi: Konfederatsiya generali Jozef Jonston o‘z armiyasi bilan Uilyam Sherman boshchiligidagi Ittifoq qo‘shiniga taslim bo‘ldi.
- 1921-yil — London ko‘chalarida mototsiklli politsiya patruli paydo bo‘ldi.
- 1937-yil — Ispaniyadagi fuqarolar urushi: Gernika shahriga Germaniya va Italiya aviatsiyasi bomba yog‘dirdi.
- 1942-yil — Xitoyning Lyaonin viloyatidagi Bensi konida portlash yuz berdi, 1547 kishi halok bo‘ldi.
- 1954-yil — SSSR Oliy kengashi prezidiumi farmoni bilan RSFSR tarkibidagi Qrim viloyati Ukraina SSR tarkibiga o‘tkazildi.
- 1966-yil — Toshkentda 8 balli zilzila ro‘y berdi.
- 1986-yil — Chernobil AESida portlash yuz berdi. Insoniyat tarixidagi eng yirik texnogen halokatlardan biri.
- 1994-yil — Nagoya (Yaponiya) aeroportiga «A300» samolyoti qulab tushdi. Falokat natijasida samolyot bortidagi 271 kishidan 7 nafari omon qoldi.
- 1996-yil — «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi (O‘zbekiston).
Tavallud kunlari
- 1575-yil — Mariya Medichi, fransuz qirolichasi.
- 1711-yil — Devid Yum, shotland faylasufi va tarixchisi.
- 1798-yil — Ejen Delakrua, fransuz rassomi.
- 1812-yil — Alfred Krupp, nemis sanoatchisi, «Krupp» konserni asoschisi.
- 1886-yil — Abdulla To‘qay, tatar shoiri.
- 1889-yil — Lyudvig Vitgenshteyn, avstriyalik faylasuf, matematik mantiq asoschisi.
- 1896-yil — Lutfixonim Sarimsoqova, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1900-yil — Charlz Frensis Rixter, amerikalik fizik va seysmolog. Zilzila kuchini baholash shkalasini ishlab chiqqan.
- 1936-yil — Botir Zokirov, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1940-yil — Jorjo Moroder, bastakor, disko musiqa yo‘nalishi asoschilaridan biri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter