28-aprel. Poroxli g‘alaba, «Kon-Tiki» ekspeditsiyasi, Muhammad Ali, birinchi kosmik sayyoh va boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni.
Voqea-hodisalar
- 1503-yil — Cheriniola (Italiya) bo‘sag‘asidagi jang. Poroxli o‘t ochish quroli yordamida qozonilgan tarixdagi birinchi g‘alaba. Ispan armiyasi fransuzlar ustidan zafar quchdi.
- 1784-yil — ixtirochilar B.Lonua va J.Benvenyu Fransiyada rasman tan olingan birinchi harakatlanuvchi vertolyot modelini taqdim etishdi.
- 1788-yil — Merilend AQShning 7-shtatiga aylandi.
- 1847-yil — Londonderridan Kvebek yo‘liga chiqqan Britaniyaning «Exmouth» yelkanli kemasi halokatga uchradi; 248 kishi qurbon bo‘ldi.
- 1852-yil — Ivan Turgenev «Moskovskiye vedomosti»da Nikolay Gogol haqida chiqqan nekrolog-maqolasi uchun qamoqqa olindi.
- 1879-yil — Bolgariya konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1906-yil —Milan(Italiya)da Jahon ko‘rgazmasi boshlandi.
- 1908-yil — Jahon esperanto assotsiatsiyasi (UEA) tashkil topdi.
- 1914-yil — AQShda havo konditsioneri yaratildi.
- 1945-yil — Ikinchi jahon urushi: Qizil armiya Reyxstagga hujum boshladi.
- 1945-yil — Ikinchi jahon urushi: amerikaliklar Augsburgni jangsiz egalladi.
- 1945-yil — Ikinchi jahon urushi: italyan diktatori Benito Mussolini qatl etildi.
- 1947-yil — Tur Xeyerdal besh nafar sherigi bilan Kon-Tiki solida Janubiy Amerikaning g‘arbiy qirg‘oqlaridan Taiti tomon suzib ketdi.
- 1967-yil — amerikalik bokschi Kassius Kley (bo‘lajak Muhammad Ali) AQSh armiyasida xizmat qilishdan bosh tortgani uchun musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum etildi.
- 1968-yil — Leonid Gaydayning «Brilliant qo‘l» komediyasi ekranlarga chiqdi.
- 2001-yil — birinchi kosmik sayyoh — amerikalik Dennis Titoning parvozi.
Tavallud kunlari
- 1442-yil — Eduard IV, Angliya qiroli.
- 1758-yil — Jeyms Monro, AQShning 5-prezidenti.
- 1908-yil — Oskar Shindler, nemis tadbirkori, Ikkinchi jahon urshi yillarida mingdan ortiq yahudiyning hayotini saqlab qolgan.
- 1916-yil — Ferruchcho Lamborjini, italyan avtomobilsozi, turkum sport mashinalari asoschisi.
- 1924-yil — Donatas Banionis, litvalik aktyor, rejissyor.
- 1974-yil — Penelopa Krus, ispan aktrisasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter