29-aprel. Oksfordlik ayollar, velosiped ixtirochisi, «mushuk ko‘zi», 138 ming insonni yutgan to‘fon va boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Xalqaro raqs kuni
- Malika Benedikta kuni (Daniya).
- Syova kuni yil — imperator Xiroxitoning tug‘ilgan kuni (Yaponiya).
- Bishkek shahri kuni (Qirg‘iziston).
Voqea-hodisalar
- 1627-yil — kardinal Rishele qarori asosida Kanadani tadqiq qilish va o‘zlashtirish maqsadida Yuz aksiyador kompaniyasi tuzildi.
- 1707-yil — shotland parlamenti ingliz parlamenti bilan birlashtirildi. Yangi davlat tuzilmasi Buyuk Britaniya nomini oldi.
- 1770-yil — ingliz kapitani Jeyms Kuk Avstraliya tuprog‘iga ilk qadamini qo‘ydi.
- 1854-yil — «Favourite» (Germaniya) yelkanli kemasi «Hespera» (AQSh) kemasi bilan to‘qnashib, cho‘kib ketdi; 201 kishi halok bo‘ldi.
- 1882-yil — Berlinda dunyodagi birinchi trolleybus qatnovi «Siemens&Halske» kompaniyasi tomonidan yo‘lga qo‘yildi.
- 1884-yil — Oksford universiteti ayol-talabalarga ham imtihonda qatnashishga ruxsat berdi.
- 1897-yil — London qirollik jamiyati yig‘ilishi qatnashchilariga fizik Jozef Tomson elektronni kashf qilganini ma’lum qildi.
- 1905-yil — amerikalik Deniyel Meloni aerostatdan uchirilgan planyorda birinchi parvozni amalga oshirdi.
- 1918-yil — Petrogradda «Lenfilm»ga asos solindi.
- 1931-yil — sobiq ittifoqda birinchi tajriba teletranslyasiya amalga oshirildi.
- 1933-yil — Angliyada futbol bo‘yicha navbatdagi kubok finalida «Everton» klubi «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida yutdi. Ammo bu o‘yinning qiziq jihati boshqa narsa — jamoalar futbol tarixida ilk marotaba maydonga raqamli futbolkalarda chiqib kelishdi.
- 1935-yil — birinchi bo‘lib britan yo‘llarida «mushuk ko‘zi» effektini beruvchi nur qaytaruvchi moslamalar paydo bo‘ldi.
- 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: ittifoqchilar Daxau konslageri tutqunlarini ozod qilishdi.
- 1961-yil — Antarktida ekspeditsiyasida qatnashayotgan jarroh Leonid Rogozov o‘zining ko‘richagini operatsiya qildi.
- 1975-yil — Vetnam urushi: amerikaliklar Saygondan olib chiqila boshlandi.
- 1978-yil — Daniyada o‘lim jazosi bekor qilindi.
- 1982-yil — Xitoy aholisi soni bir milliarddan oshdi.
- 1986-yil — Los-Anjeles kutubxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 350 mingta kitob yonib kul bo‘lgan.
- 1988-yil — Ruminiya rahbari Nikolaye Chaushesku tez orada mamlakatda qishloqlar yo‘q qilinishini ma’lum qildi.
- 1991-yil — Bangladesh to‘foni (26 — 30 aprel kunlari; eng kuchlisi 29 aprelda sodir bo‘ldi) natijasida 138000 kishi halok bo‘ldi.
- 1993-yil — qirolicha Yelizaveta II Bukingem saroyi sayyohlar uchun ochilishini e’lon qildi.
Tavallud kunlari
- 1785-yil — Karl Drez, nemis ixtirochisi, velosiped, go‘sht qiymalagich, yozuv mashinkasini ixtiro qilgan.
- 1854-yil — Jyul Anri Puankare, fransuz matematigi, fizik, astronom, faylasuf.
- 1875-yil — Rafael Sabatini, ingliz-italyan yozuvchisi.
- 1901-yil — Xiroxito, Yaponiya imperatori (1926 —1989 yillar).
- 1970-yil — Andre Agassi, amerikalik tennischi.
- 1970-yil — Uma Turman, amerikalik aktrisa.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter