4-may. Oydagi chaqmoq, Panama kanali, Margaret Tetcher, mustaqil Latviya uchun va boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Mustaqillik tiklangan kun (Latviya).
- Xotirlash kuni (Niderlandiya).
- Yoshlar kuni (Xitoy).
- Ko‘katlar kuni (Yaponiya).
- Mehnat kuni (Zambiya).
Voqea-hodisalar
- 1113-yil — Vladimir Monomax Kiyev knyazligi taxtiga o‘tirdi.
- 1715-yil — Parijda birinchi yig‘ma soyabon yasaldi.
- 1783-yil — ingliz astronomi Uilyam Gershel Oydagi qizil chaqmoqni qayd etdi.
- 1878-yil — Tomas Alva Edison fonografni namoyish qildi.
- 1896-yil — Londonda «Daily Mail» gazetasining birinchi soni chiqdi.
- 1904-yil — Panama kanali qurilishi boshlandi.
- 1904-yil — Angliyada Henri va Charlz Rollslar «Rolls-Roys» avtomobillarini chiqarishni boshladi.
- 1924-yil — Parijda VIII olimpiya o‘yinlari boshlandi.
- 1979-yil — Margaret Tetcher Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘ldi.
- 1988-yil — «PepsiCo» sovet televideniyesida reklama vaqtini sotib olgan birinchi g‘arb kompaniyasi bo‘ldi.
- 1990-yil — Latviya SSR Oliy kengashi Latviya Respublikasi mustaqilligi tiklanishini e’lon qildi.
- 1994-yil — Yevroparlament deputatlari Finlyandiya, Norvegiya, Avstriya va Shvetsiya 1995-yilning 1 yanvaridan boshlab Yevropa ittifoqi to‘laqonli a’zosi bo‘lishini yoqlab ovoz berdi.
- 1995-yil — Ekvadordagi aviahalokatda Argentinaning eng yirik neft qazib oluvchi kompaniyasi — «YPF» prezidenti Xose Estenssoro halok bo‘ldi.
- 2002-yil — Kano(Nigeriya)da «BAC 1-11» samolyoti halokatga uchradi; 149 kishi halok bo‘ldi.
Tavallud kunlari
- 1006-yil — Ansoriy, fors so‘fiy-shoiri.
- 1655-yil — Bartolomeo Kristofori, fortepiano ixtirochisi.
- 1772-yil — Fridrix Arnold Brokhaus, nemis noshiri, mashhur ensiklopediya asoschisi.
- 1929-yil — Odri Xepbyorn, britaniyalik aktrisa.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter