Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 350 000 so‘mga xarid qilingan oyoq kiyim sifatsiz chiqdi

5 350 000 so‘mga xarid qilingan oyoq kiyim sifatsiz chiqdi

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga fuqaro S.Mahkamovdan murojaat kelib tushgan. Bu haqda federatsiya axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, S.Mahkamov Toshkent shahridagi «Samarqand darvoza» savdo markazidan 5 350 000 so‘mga oyoq kiyim xarid qilgan, ammo mahsulot sifatsiz chiqqan. Holat mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, iste’molchining puli to‘liq qaytarib olib berilgan.

***

Samarqand viloyati Samarqand tumani Qo‘shko‘prik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro J.Saidqulov federatsiyaning Samarqand viloyati hududiy birlashmasiga shikoyat bilan murojaat qilgan. Unga asosan murojaatchi  U.Bakiyev ismli savdo xodimidan 7.500.000 so‘m miqdorida muzlatgich xarid qilgani, ammo mahsulot sifatsiz chiqqani bayon qilingan. Vaziyat viloyat hududiy birlashmasi tomonidan o‘rganilib, savdo vakiliga iste’molchi huquqlari to‘g‘risida tushuntirish olib borilgan va mahsulot yangisiga almashtirib berilgan.       

***

2020 yil 6 yanvar kuni Zarafshon shahar 11-kichik tumanda yashovchi fuqaro O.Esimova jamiyat ijro etuvchi apparatiga og‘zaki ariza bilan murojaat qilgan. Unda ma’lum qilinishicha, fuqaro O.Esimova 2019-yil dekabr oyida 2-kichik tuman hududida faoliyat yurituvchi «Eko-Zar» xususiy korxonasiga yumshoq mebel jihozlarini buyurtma qilgan va oldindan kelishilgan 6 000 000 so‘mdan avans sifatida 2 000 000 so‘m to‘lov qilgan.

«Eko-Zar» xususiy korxonasi buyurtma qilingan mebel jihozlarini tayyorlab, mijoziga topshirgan. Ushbu mebel jihozlari O.Esimovaga ma’qul kelmaganligi va o‘z vaqtida sifatli qilib topshirmaganligidan norozi bo‘lib, jamiyat ijro etuvchi apparatiga huquqini himoya qilishini so‘rab murojaat qilgan.

Fuqaro murojaati bo‘yicha jamiyat xodimlari o‘sha kunning o‘zida joyiga chiqib, o‘rganish ishlari olib borgan va korxona rahbari S.Axmadjonov bilan tegishli tartibda O‘zbekiston «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasi tushuntirilgan. Natijada fuqaro O.Esimovaning murojaati ijobiy hal etilib, 2 000 000 so‘m miqdoridagi puli qaytarib olib berilgan. Sifatsiz mebel jihozlari esa korxonaga qaytarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring