5 ta hudud soliq boshqarmasi rahbarlari yangilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishlariga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va to‘rtta viloyat davlat soliq boshqarmalarining rahbarlari tayinlandi.
Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi. Jumladan:
Bobojonov Davronbek Jumamuratovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i;
G‘oyibov Jo‘rabek Rahmonberdiyevich — Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i;
Igambergenov Qudratbek Qadambayevich — Xorazm viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i;
Ashurov Sherzod Rahimovich — Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i;
Ahmedov Shodiyor Eshmuratovich — Samarqand viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavzimlariga tayinlandilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter