50 ming dollar pora bilan ushlangan hokim o‘rinbosariga jazo berildi
2022-yilning boshlarida Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari fuqarodan 80 000 AQSh dollari talab qilib, 50 ming dollarini olayotganida qo‘lga olingandi.
«Nasafnews» bugun xabar berishicha, qo‘lga tushgan hokim o‘rinbosari Yaxshiyev Umid Nosirovich 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida, 108 mln so‘m jarima jazosi va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter