Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6-iyul kuni kunduzi kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-iyul kuni kunduzi kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarida ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat 36-41°, janubda 44-45° gacha, shimolda 33-38° bo‘ladi. 

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 39-41° bo‘ladi. 

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring