Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov Germaniya elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov Germaniya elchisini qabul qildi

Foto: Twitter / UNDP Uzbekistan

Bugun, 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Gunter Overfeldni qabul qildi. Bu haqda vazirlik rasmiy sayti xabar berdi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Alohida e’tibor iqtisodiy, investitsion, savdo va texnologiya sohalaridagi hamkorlik istiqbollariga qaratildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Germaniya aloqalarini turli darajalarda va shakllarda, shu jumladan, davlat va jamoat tuzilmalari, biznes doira o‘rtasida delegatsiyalar almashinuvini faollashtirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas