Abu Dabida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan zirhli mashinalar namoyish etildi (foto)
Joriy yilning 20-24-fevral kunlari Abu Dabidagi (BAA) ADNEC Milliy ko‘rgazma markazida IDEX ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 65 mamlakatidan yetakchi kompaniyalar qatnashmoqda. Ko‘rgazmada ilk bora Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi «VPKAKSUM» mahalliy harbiy-sanoat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yengil zirhli avtomobillar namoyish etilmoqda.
Ma’lumot uchun ko‘rgazma Abu Dabida 1993-yildan beri har ikki yilda bir bora o‘tkazib kelinmoqda.
IDEX hukumat va mamlakat qurolli kuchlari ko‘magida, BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon homiyligida o‘tkazilgan ushbu qurol va xavfsizlik texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasi doim qurol va harbiy texnika ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarning e’tiborini tortib kelmoqda.
IDEX ko‘rgazmasining asosiy profillari: qurollar, elektron himoya vositalari, ballistik tizimlar, radarqurilmalari, telekommunikatsiya, optik elektronika, o‘q-dorilar, harbiy texnika, minalardan himoya qilish tizimlari, quruqlik, suv va havodagi himoya tizimlari, muhandislik inshootlari, maxsus uskunalar.
IDEX ko‘rgazmasi davomida harbiy texnika namoyishlari maxsus ko‘rgazma maydonchasida o‘tkaziladi va har xil turdagi qurollardan o‘q uzish mashg‘ulotlari bajariladi.
Ko‘rgazma dasturi doirasida 21 fevral kuni o‘zimizning mahalliy «VPKAKSUM» kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan «AKSUMMAXS» va «AKSUMMAXDS» yengil zirhli avtomobillar namunalarining ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter