Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Adolat»dan sado chiqdi: «IIV bunday hollarga «Bu yangilik emas» deb qarashga odatlanib qolgan...»

«Adolat»dan sado chiqdi: «IIV bunday hollarga «Bu yangilik emas» deb qarashga odatlanib qolgan...»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Adolat» partiyasi raisi Narimon Umarov Andijonda IIV xodimlari tomonidan kaltaklanishi natijasida vafot etgan fuqaro masalasi yuzasidan bayonot berdi.

«IIB mas’ullarining maqsadi bir bo‘lishi lozim – haqiqatning tagiga yetish va fuqarolarni himoya qilish. Ammo inson huquqlarini toptash orqali adolatga erishib bo‘lmaydi, fuqarolarni do‘pposlash ularni himoya qilish hisoblanmaydi.

Afsuski, IIV bunday hollarga «Bu yangilik emas» deb qarashga odatlanib qolgan.

Albatta, aybdorlar jazosini olishi kerak. Lekin, ularning jazo olgani marhumni yaqinlariga qaytarib bermaydi. Yoki bunday holat boshqa takrorlanmaslik kafolatini bermaydi. Ya’ni ichki ishlar tizimida islohotlar natijadorligi zamon talablariga mos emas.

Bu holat boshqa takrorlanmaslik uchun kimnidir javobgar qilish, kimnidir ishdan bo‘shatish, kimgadir intizomiy chora bilan cheklanish emas, tizimli islohotlar, yangilanishlarni amalga oshirish lozim. Bunda tergov organlarining idoraviy manfaatdorligini barataraf etish, ular mustaqilligini ta’minlash, jarayonlarni shaffoflashtirish lozim» -, deya fikrini yakunlangan Umarov.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura bayonotiga ko‘ra, ushbu ish yuzasidan uch nafar IIV xodimi hibsga olingan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring