Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda erkaklarga jinsi shim kiyish taqiqlandi

Afg‘onistonda erkaklarga jinsi shim kiyish taqiqlandi

Afg‘onistonda «Tolibon» harakati erkaklarga jinsi shim kiyishni va soch turmagini taqiqladi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, yangi qonunlar avgust oyi oxirida qabul qilingan. Ular tashqi ko‘rinish va xatti-harakatlarda «musulmon bo‘lmaganlar» ga taqlid qilishni taqiqlashga qaratilgan. Jinsi shimlar va soch turmagi taqiqlanganidan tashqari, endi afg‘on erkaklariga soqollarini kalta kesish, shuningdek, xotini yoki qarindoshlaridan boshqa ayollarga qarash ham taqiqlangan.

Mahalliy aholi yangi cheklovlarni kutilmagan syurpriz deb atadi. 

Avgust oyida «Tolibon» ayollarga omma oldida gapirish, yuzlarini ko‘rsatish va yupqa matodan kiyim kiyishni taqiqlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Tolibon» so‘nggi vaqtlarda jamoat tartibi bo‘yicha qator cheklov va taqiqlar joriy etdi. Jumladan, zarurat bo‘lmaganda ayollarga ko‘chaga chiqish deyarli taqiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring