Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Agrooziq-ovqat investitsiya forumida 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi

Agrooziq-ovqat investitsiya forumida 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi

Oldin xabar berganimizdek, Samarqand shahri 7- 8 sentyabr kunlari Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilmoqda. Kecha konferensiyaning birinchi kuni yakuniga yetdi. Yalpi majlisdan so‘ng ishtirokchilar «Buyuk Ipak Yo‘li» xalqaro turizm markazida joylashgan ekspomarkazda tashkil etilgan «O‘zbekiston agrooziq-ovqat salohiyati» ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston agrar tarmog‘ini isloh qilishdagi yutuqlar taqdim qilindi. Mehmonlarga O‘zbekistonning agro va oziq-ovqat sohasidagi salohiyati, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi yondashuvlari namoyish etildi. Anjuman qatnashchilari urug‘chilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster, kooperatsiya, agrologistika usullari bilan tanishtirildi.

Ushbu  konferensiya doirasida agrooziq-ovqat investitsiya forumi ham o‘tkazildi. 26 ta mamlakatdan 100 dan ziyod kompaniya qatnashgan ushbu tadbirda 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring