Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ahmedovlar oilasi og‘ir judolikka uchradi

Ahmedovlar oilasi og‘ir judolikka uchradi

Foto: Daryo

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning otasi Olimjon Ahmedov vafot etdi.

«Daryo» xabariga ko‘ra, Olimjon Ahmedov 31 oktyabr, shanba kuni 65 yoshida vafot etgan.

U uzoq yillar mobaynida «Namangan avtotexxizmat» korxonasida mehnat qilib, shu yerdan nafaqaga chiqqan. Oilada 4 o‘g‘il, bir qizni tarbiyalab, el-yurt xizmatiga kamarbasta farzandlar etib voyaga yetkazgan.

Olimjon Ahmedovning ikki nafar o‘g‘li – Odil Ahmedov va Azim Ahmedov yurtimizda taniqli futbolchilar hisoblanishsa, ularning akasi Yoqub Ahmedov kino sohasi vakilidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring