Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholiga ajratilgan unni sotib yuborgan rahbar aniqlandi

Aholiga ajratilgan unni sotib yuborgan rahbar aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgan MChJ rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «B.» MChJ  rahbari O‘.X. «Oqtoshdon» AJdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 209,8 mln so‘mlik 84,5 tonna un mahsulotini dislokatsiyada belgilangan mahallalarga arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, savdo nuqtalari orqali qimmat narxlarda sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring