Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholini ro‘yxatga olishda oqsayotgan hududlar e’lon qilindi

Aholini ro‘yxatga olishda oqsayotgan hududlar e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari yana bir muhim masalaga to‘xtaldi

Butun respublikada aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha katta tadbir boshlangan. 

Hozirgacha jami 7 million 613 ming xonadondan 4 million 776 mingi ro‘yxatdan o‘tdi. Lekin bu boradagi ishlar Toshkent shahri, Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro, Toshkent viloyatida sekin kechmoqda. 

«Bunday muhim tadbir 37 yil ichida birinchi marta o‘tkazilyapti. Ro‘yxatga olish – har bir mahalla, har bir oilaning real holatini aniqlash, kelgusi rejalarni shunga qarab belgilash, eng asosiysi, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi», – dedi davlatimiz rahbari va barcha yurtdoshlarimizni ro‘yxatga olishda faol ishtirok etishga chaqirdi. 

Yig‘ilishda tuman hokimlari, mahalla raislari, hokim yordamchilarining hisobot va takliflari tinglandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring