Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akademik Tohir Aripovga faxriy unvon berildi

Akademik Tohir Aripovga faxriy unvon berildi

Prezident Mirziyoyev O‘zFAning Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik Tohir Aripovni «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan mukofotlashga doir farmonni imzoladi.

Hujjatda akademikning «mamlakatda ilm-fan sohasini rivojlantirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, xususan, biofizika yo‘nalishidagi fundamental tadqiqotlari bilan ko‘plab muhim ixtirolar, ilg‘or innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qo‘shgan katta hissasi, iqtidorli yosh olimlarni tayyorlagani» e’tirof etiladi.

«Navqiron avlodni Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik Aripov Taxir Fatixovichga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni berilsin», – deyiladi hujjatda. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring