Alimentdan qarzdor ota tilla do‘konida qo‘lga tushdi

Aliment farzandlar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilganligi sababli, har qanday sharoitda ham qidiruv choralari ko‘riladi va qonuniy javobgarlik ta’minlanadi.
Majburiy ijro byurosining Ishtixon tumani bo‘limida yuritilgan ish yuzasidan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor Sh.S.dan undiruvchi G.E. foydasiga farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qarzdor ota uzoq vaqtdan beri aliment to‘lovlarini amalga oshirmaganligi sababli qarzi 75 million so‘mga yetgan.
Bundan tashqari, u noma’lum joyda yashirinib yurgan. Shu munosabat bilan, boshqarmaning qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan unga nisbatan qidiruv choralari ko‘rilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, qidiruvdagi shaxs Samarqand shahridagi tilla do‘koniga bo‘lajak rafiqasi uchun tilla buyumlarni xarid uchun kelganda qo‘lga olingan va keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun davlat ijrochisiga topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter