Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Shodmonov shifokorlar qanday qilib ko‘proq pul topishi mumkinligini aytdi

Alisher Shodmonov shifokorlar qanday qilib ko‘proq pul topishi mumkinligini aytdi

Foto:«Xabar.uz»

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov «Kun.uz» nashriga bergan intervyusida shifokorlar bir vaqtning o‘zida ikki stavka ishlashlari mumkinligini aytdi. Bu ko‘proq chekka hududlarga borib ishlayotgan kadrlarning chetga ketib qolishlarini oldini olish maqsadida qilinayotgan imtiyozdir.

«Xorijga ketganlarni qaytarish bilan birga, hozirgi yosh mutaxassislarimizning ketib qolishini ham oldini olishimiz kerak. Buning uchun biz hokimlar bilan birga quyidagi ishlarni amalga oshiryapmiz: birinchi navbatda ularga imtiyozli ravishda uy-joy berish masalasi. Ikkinchi navbatda imtiyozli ravishda kreditga avtomobil berish masalasi. Shu bilan birga ularga ikki stavka ishlash sharoiti yaratib berildi. Ilgari bunaqa imkoniyat yo‘q edi, mana bu yildan rahbarimiz topshirig‘i bilan, Moliya vazirligi tomonidan shunga imkoniyat berildi» deydi Alisher Shodmonov.

Shuningdek vazirning aytishicha, shifokorlarda kunning birinchi yarmida davlat ishida, kunning ikkinchi yarmida xususiy muassasada ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring