«ALSKOM» sug‘urta kompaniyasiga Bosh direktor tayinlandi
«ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori lavozimiga Ilyosov Tursunboy G‘iyosjon o‘g‘li tayinlandi.
T.Ilyosov shu vaqtga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligida ishlab kelayotgan edi.
Shu bilan birga, T.Ilyosov «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
T.Ilyosov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Bank-moliya akademiyasida tahsil olgan. 1993 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter