Andijonda 13 nafar mahkum muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudi huquqbuzarlik profilaktikasi hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Xususan, 2018-yil 12-may kuni Andijon tumanidagi Oq-yor sanoat kasb-xunar kollejining ma’muriy binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudining raisi N.Rasulov va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilar ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi. Unda jazo muddatini namunali o‘tayotgan, sodir etgan jinoyatidan to‘g‘ri xulosa chiqargan 13 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter