Andijonda o‘qituvchilari hasharga chiqqan maktab rahbari ishdan olindi

Andijonda o‘qituvchilarni hasharga chiqargan direktor ishdan olindi. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Marhamat tumani “Yangi hayot” Mahalla fuqarolar yig‘ini o‘ramida joylashgan 42-umumta’lim maktabi 1982 yilda qurilib, 2005 yilda joriy ta’mirlangan. Maktab 2023 yil “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida 1 milliard 200 millionlik qiymatga ega eshik va romlar bilan ta’mirlangan. 2024 yilgi mavsumda 1 milliard 300 million so‘m mablag‘lar yutib olinib, sport maydoni qurilgan va maktabning old qismi zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan.
Hozirda maktabda jami 1 ming 236 nafar o‘quvchilarga 74 nafar malakali ustozlar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan videotasvirlardagi holat joriy yilning 2 avgust kuni sodir bo‘lib, unda bir guruh pedagoglar tomonidan hashar jarayonlari amalga oshirilayotganligi aks etgan.
Maktab jamoasi bilan suhbatda ular tomonidan ushbu hashar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgani ta’kidlansada, ustozlarni o‘z lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmaganligi sababli maktab direktori Z.M egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter