Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda rahbarlikka tayinlangan tadbirkor ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi

Andijonda rahbarlikka tayinlangan tadbirkor ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi

Yaqinda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Jur’atbek Quvvatov tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish maqsadida egallab turgan lavozimidan ozod qilinishini so‘rab ariza yozdi.

Ma’lkm qilinishicha, 2022 yilning 8 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi O‘RQ-788-sonli qonunini qabul qilingan bo‘lib, ushbu Qonun 2022 yilning 10 noyabr kunidan kuchga kirgan.

Mazkur qonunning 13-moddasiga ko‘ra davlat fuqarolik xizmatchisiga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektida tashkiliy boshqaruv, ma’muriy xo‘jalik vazifalarini bajarishga cheklovlar qo‘yilgan. 

Andijon viloyati hokimligining Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Jur’atbek Quvvatov tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi.

«Yuqoridagi Qonun kuchga kirishi munosabati bilan, Qonunning 19-moddasida ta’kidlangan manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish maqsadida J.Quvvatov egallab turgan lavozimidan (Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i) ozod qilinishini so‘rab ariza bilan murojaat etganligi ma’lum qilinadi», deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring