Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi festivalga qaysi jahon yulduzlari kelishi ma’lum bo‘ldi

Andijondagi festivalga qaysi jahon yulduzlari kelishi ma’lum bo‘ldi

Andijondagi festivalga mashhur xonandalar kelishi va katta mablag‘ sarflanishi haqida xabarlarga izoh berdi

Andijonda “Dunyo sadolari” xalqaro estarada san’ati festivali 2024 yilda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Festivalning o‘z doirasi va miqyosiga mos shaklda jahon yulduzlari ishtiroki ham ko‘zda tutiladi.

Festival tadbirlariga taklif etilishi mumkin bo‘lgan, gala konsertda uchratish ehtimoli bo‘lgan san’atkorlar haqida matbuot xizmati tomonidan (matnli ro‘yxat emas) videolavha havola etilgan. 

"Festivalga ushbu videodagi xonandalardan Inna va Arash taklif etildi. Shuningdek, yoshlar taklifiga asosan xonanda Joni (Jony) ham festivalda ishtirok etadi. Bundan tashqari, o‘zbek estaradasining elimiz suygan yorqin yulduzlari festivalga tashrif buyurishlari kutilmoqda. 

Ushbu aytilganlardan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda joylangan xonandalar haqidagi matnli ro‘yxat, kelishuv mablag‘lari, marxum san’atkorlar haqidagi xabarlar hokimlik tomonidan tasdiqlangan yoki hokimlik taqdim etgan ma’lumotlar emas. Bu xabarlar kim tomonidan ishlab chiqilgani va qanday maqsadda havola etilgani hozircha noma’lum",  deyiladi Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabarida.  

Eslatib o‘tamiz, internetda tarqalgan ma’lumotda ushbu tadbirga millionlab dollar pul sarflanishi aytilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring