Andijondagi tibbiy birlashmada 65 uskunadan foydalanish taqiqlandi
Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasining Andijon viloyati inspektorlari tomonidan Xonobod shahar tibbiyot birlashmasida davlat nazorati o‘tkazildi.
Tibbiyot birlashmasida jami 65-dona o‘lchov vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tmagan holda bemorlarga davolash va tashxis qo‘yishda, tibbiy xizmatda, shu qatorda pullik xizmat ko‘rsatishda ishlatib kelinmoqda.
Bu bilan, O‘zbekiston Respublikasi «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonunining 16-moddasi va O‘z DSt 8.003:2005 davlat standartining 4.4-bandi talabi buzilgan.
Tekshiruv natijasida tibbiyot birlashmasi rahbariga ma’muriy chora ko‘rildi, 65 dona tibbiy uskunalardan va o‘lchash vositalaridan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatma chiqarildi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘lchash vositasi — o‘lchashlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatlarga ega bo‘lgan texnika vosita hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter