Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi «Yashil bog‘lar»da 12 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi

Andijondagi «Yashil bog‘lar»da 12 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov vazirlik va vazirlikning viloyat boshqarmasi xodimlari bilan birga Andijon viloyatidagi «Yashil bog‘» hududida daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.

«Yashil bog‘» hududi 15 gektardan iborat bo‘lib, 5000 ta daraxt ekildi. Andijon viloyatida jami 36,1 gektar maydonda «Yashil bog‘»lar tashkil qilindi. Bog‘larda katalpa, yasin, akatsiya, klon, sharq tuyasi, sadaqayrag‘och, suriya atirguli, kashtan, shumtol, pavloniya kabi 12 000 ga yaqin ko‘chatlar o‘tqazildi.

Bundan tashqari, «Yangi Andijon» massividagi 1 gektar maydonda «Ekologiya vazirligi bog‘i» ham tashkil qilinmoqda. Ta’kidlash joizki, ko‘chatlarni parvarishlashda tomchilatib sug‘orish usulidan foydalaniladi. Bundan maqsad samaradorlikka erishish va suvdan foydalanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring