Angorda sayyor davlat xizmatlari aksiyada qatnashyapti

Angor tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari respublika ishchi guruhi tarkibida bugun, 11-sentyabr kuni tumandagi «Qorasuv» va «Gulzor» MFY da huquqiy targ‘ibot va tashviqot tadbirida qatnashishdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.
DXM direktori va mas’ul xodimlari, tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi xodimlari angorliklarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasining mazmun mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlab, ularning savollariga javob berishdi.
Tadbir davomida Angor tumani DXM hamda Yer resurslari va kadastr xizmati bo‘limi tomonidan fuqarolarning mulkka va uy-joyga egalik huquqini berish bilan bog‘liq rasmiylashtirilgan 30 ta hujjat sayyor tarzda mulk egalariga hamda fuqarolarga topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter