AOKA rahbari feyk xabarlar bo‘yicha turk hamkasbi bilan uchrashdi
Kecha, 13 may kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev Turkiya Kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Oltin bilan uchrashgan.
Uchrashuvda turli jabhalardagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan dolzarb mavzular bo‘yicha fikr almashilgan. Xususan, dezinformatsiyaga qarshi kurashish, feyk xabarlarni ekspertiza qilish, mediasavodxonlik, axborot qonunchiligini takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilingan.
Bugun, 14 may kuni Istanbulda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning OAV va axborot sohasiga mas’ul idoralari rahbarlarining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad — turkiy davlatlar o‘rtasida ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter