AOKAda elektr o‘chdi. Mo‘ljallangan tadbir kechikdi

Ayni paytda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)da elektr o‘chgan. Natijada «Agrobank» faoliyati yuzasidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tadbir cho‘zilgan. Bu haqda «muxbir Daliev» kanali xabar berdi.
Elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar O‘zbekiston uchun yangilik emas. Bu haqda bong urilayotganiga qaramay, tizimda o‘zgarishlar yo‘q darajada. AOKAda «svet» o‘chib qolishining e’tiborli jihati shundaki, gaz va elektr ta’minotidagi muammolarni ochiq ko‘tarib chiqqani uchun aynan shu agentlik Kun.uz saytini noxolislikda ayblab, «ogohlantirish xati» yuborishi barobarida buning «jiddiy huquqiy oqibatlari»dan ogoh etgandi...
AOKAning mazkur sayt va boshqa elektron nashrlarga yuborgan ogohlantirishlari jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lganidan xabaringiz bor.
P.S. Ushbu xabar tayyorlanayotgan paytda AOKAdan navbatdagi xabar keldi: «svet yondi, tadbir boshlandi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter