Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AOKAning yangi rahbariyati tarkibi tanishtirildi (foto)

AOKAning yangi rahbariyati tarkibi tanishtirildi (foto)

Foto: AOKA matbuot xizmati

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AOKA matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: AOKA matbuot xizmati

Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, vazirlik va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etgan.

Yig‘ilishda hukumat va Oliy Majlis palatalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlashga oid tizimli ishlarni tashkil qilish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda axborot xizmatlarining nufuzini oshirish, Agentlik tizimiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, matbaa va noshirlik, kutubxonachilik sohasini zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bo‘yicha belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish masalalari alohida qayd etildi.

Mirziyoyeva Saida Shavkatovna. Foto: AOKA matbuot xizmati
Foto: AOKA matbuot xizmati

Kengaytirilgan yig‘ilishda shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga va Agentlik jamoasiga yangi rahbariyat tarkibi tanishtirildi – Agentlik direktori vazifasini bajaruvchi Komil Ismoilovich Allamjonov, direktorning birinchi o‘rinbosari Xodjimetov Avazbek Jabborkulovich, direktor o‘rinbosarlari etib Mirziyoyeva Saida Shavkatovna hamda G‘ayrat Nazarovich Bozorov tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring