Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh O‘zbekistonning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh O‘zbekistonning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan xavotir bildirib, barcha taraflarni zo‘ravonlikdan tiyilib, ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan hal etishga undamoqda.

«Biz yaqinlarini yo‘qotgan oilalarga ta’ziya bildiramiz va jarohatlanganlarga hamdardmiz», - deydi Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays.

«AQSh O‘zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirishilishi tarafdori va davlatning bu boradagi harakatlarini quvvatlaymiz. Hukumatni fundamental huquqlarni, jumladan tinch yig‘ilish va fikr bildirish erkinligini himoya va hurmat qilishga undaymiz. Bular O‘zbekistonning xalqaro maydonda o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari», — deya eslatmoqda Davlat departamenti.

Qoraqalpog‘istondagi huquqbuzarliklar, qonunbuzarliklar va zo‘ravonliklar to‘liq, ishonchli va shaffof tarzda taftish qilinishi kerak. Tekshiruv va tergov xalqaro normalar asosida olib borilsin, deyiladi bayonotda.

«Qo‘shma Shtatlar azaldan O‘zbekiston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlab keladi va shu pozitsiyada qat’iy», — qayd etiladi Davlat departamenti bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring