AQShda o‘qigan mutaxassis Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Cirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib Isaqulov Shohruh Norqulovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shohruh Isaqulov 1991-yilda tavallud topgan. 2011-yil Amerika Qo‘shma Shtatlari Kanzas Shtati «Nyuman» universiteti (Newman University), 2014-yil «Frends» universiteti (Friends University)ni tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas