Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Arqonni uzun tashlab qo‘yibman» — Shavkat Mirziyoyev kadrlar muammosi haqida

«Arqonni uzun tashlab qo‘yibman» — Shavkat Mirziyoyev kadrlar muammosi haqida

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Olmaliq shahrida faollar bilan bo‘lgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi kadrlar muammosi haqida gapirdi.

«Men nima uchun hokim yordamchilari degan tizimni joriy qildim, chunki o‘zim uchun yaxshi kadrlar qidirib yuribman. Mana, bugun ham sizlar bilan suhbatda yangi kadrlar kashf qildim.

Misol uchun, Andijon viloyatida 30 yilda hokimlar soni ko‘p bo‘lmagan. Lekin Toshkent viloyatiga majoziy ma’noda aytganda 30 ta hokim kelib-ketdi. Nega? Chunki ishni eplaydigan yaxshi kadrlar topish qiyin. Biri korrupsiyaga yo‘l ochadi, boshqasi darrov g‘o‘ddayib, oyog‘i yerdan uziladi. Men amalni beraman, lekin arqonni uzun tashlab qo‘yaman.

Zoyir Mirzayevni bekorga olib kelmadim bu yerga. Qashqadaryo ham og‘ir viloyatlardan biri edi, ammo epladi. Toshkent viloyatida muammolar ko‘pligi uchun uni atayin bu yerga olib keldim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident avvalroq «Yoshlik 1» konini o‘zlashtirish loyihasi bilan tanishgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring