Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arzon sovg‘a sabab talabalarga po‘pisa qilgan BuxDU o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi

Arzon sovg‘a sabab talabalarga po‘pisa qilgan BuxDU o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisining «ustoz sha’ni va maqomiga xos bo‘lmagan xatti-harakatiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘z munosabatini bildirdi.

Xabarga ko‘ra, o‘rganishlardan so‘ng, mazkur o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq bekor qilingan.

«Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati tizimda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi hamda manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi va shu kunlarda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi «komplayens nazorat» tizimi joriy etilayotganini ma’lum qiladi», - deyiladi xubarda.

Eslatib o‘tamiz, tarqalgan xabarlarda o‘qituvchi bayramga talabalar arzon sovg‘a berganlikda ayblab, «ular bilan imtihonda gaplashishini» aytib po‘pisa qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring