Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek askarlari maktab o‘quvchilari bilan tog‘da mashqlar o‘tkazdilar (foto)

O‘zbek askarlari maktab o‘quvchilari bilan tog‘da mashqlar o‘tkazdilar (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Hamid Olimjon» mahallasi yoshlari hamda ularning ota-onalari, shuningdek, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun Ugom-Chotqol tog‘ tizmasida joylashgan vazirlikka qarashli Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashq markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ekskursiya uyushtirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Dastlab qatnashchilar dengiz sathidan bir ming olti yuz metr balandlikda joylashgan markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ekskursiya davomida yoshlarga yo‘riqchilar tomonidan tog‘ to‘siqlari, qoyalarga ko‘tarlish hamda tushish bo‘yicha amaliy mashqlar ko‘rsatib berildi. O‘zini sinab ko‘rishni istagan yoshlar uchun texnika xavfsizligiga rioya qilingan holda mashqlarda bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib berildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bundan tashqari, ishtirokchilar pnevmatik miltiqdan otish bo‘yicha merganlik mahoratlarini ham sinab ko‘rdilar. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring