Avgustda kutilayotgan ehtimoliy ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Joriy yilning avgust oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda? Gidrometeorologiya xizmati o‘z prognozini e’lon qildi.
Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi.
Oyning katta qismida harorat asosan kunduzi 34-37 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 40-41 darajagacha bo‘ladi. Bunday harorat yoz fasli uchun juda qulay bo‘lib, u avgust oyidagi o‘rtacha yillik qiymatlarga yaqindir. Kechalari harorat asosan 18-23 daraja bo‘ladi. Uchinchi o‘n kunlikda harorat kechalari asta-sekin 13-18 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajagacha, janubda 36-38 darajagacha pasayadi.
Avgust oyi asosan quruq bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida oy davomida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam. Avgust oyida harorat foni pasaya boshlaydi, bu oy iyul kabi juda issiq bo‘lmaydi. O‘zbekiston hududi bo‘yicha avgust oyining o‘rtacha oylik harorati iyul oyiga nisbatan 1,5-2,5 darajaga past bo‘ladi. Ammo shunga qaramay, avgust hali ham juda issiq oy hisoblanadi.
Yilning ko‘p oylari singari, avgust oyi ham nisbatan iqlim o‘zgarishi ta’siri ostida bo‘ladi. 1991-2020 yillar va 1961-1990 yillar uchun avgust oyidagi o‘rtacha oylik haroratning farqi 1,2-1,5 darajani tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter