Avtoblogerni ko‘rganda «akajon» devorgan YPX xodimi bo‘yicha rasmiy munosabat berildi

Ijtimoiy tarmoqda «Ohangaronda YPX xodimi mashinani to‘xtatdi. Keyin rulda o‘tirgan avtobloger Bobur G‘aniyevni tanib qoldi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi.
Holat joriy yilning 10-iyul kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani Qamchiq dovoni hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy sahifasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter